Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 14-sentabr
Qisqasi: ilova yozuvlaringizni saqlaydi, chunki ularsiz ishlay olmaydi. Reklama tarmoqlari yo'q, analitika yo'q, kuzatuv yo'q. Ma'lumotingiz sotilmaydi va uchinchi shaxsga berilmaydi.
Kim ma'lumotni saqlaydi
Nasiya Daftar ilovasi va unga bog'liq server. Aloqa uchun ma'lumotlar shu sahifaning oxirida.
Qanday ma'lumot saqlanadi
1. Hisobingiz
Ism, telefon raqami va parol. Parol ochiq holda hech qayerda saqlanmaydi — undan qaytarib bo'lmaydigan kriptografik iz olinadi. Ilovani ochish uchun qo'yiladigan PIN faqat qurilmangizda qoladi va serverga umuman yuborilmaydi.
2. Siz kiritadigan ish yozuvlari
Bu ma'lumotlarni siz o'z mijozlaringiz va savdongiz haqida kiritasiz:
- mijozning ismi, telefoni, manzili (ixtiyoriy)
- pasport yoki ID raqami va JSHSHIR (ixtiyoriy)
- hujjat rasmlari (ixtiyoriy)
- mahsulotlar, savdolar, to'lov jadvali va to'lovlar
- ta'minotchilar, xaridlar, ombor harakatlari
- kassa yozuvlari: kirim, chiqim, xarajatlar
Bu ma'lumotlar uchun javobgarlik sizda: mijozdan uning hujjati haqidagi ma'lumotni kiritishga rozilik olish sizning zimmangizda.
3. Ilova yig'MAYDIGAN narsalar
- joylashuv
- kontaktlar ro'yxati
- qidiruv yoki foydalanish statistikasi
- reklama identifikatorlari
Ilovada reklama tarmog'i ham, analitika xizmati ham, kuzatuv vositasi ham yo'q.
Ma'lumot qayerda turadi
Avvalo qurilmangizda: ilova internetsiz ham to'liq ishlaydi. Internet bo'lganda yozuvlar sizning shaxsiy hisobingiz ostida bizning serverimizga nusxalanadi — shunda telefon yo'qolsa yoki almashtirilsa ma'lumot qaytariladi.
Server bilan aloqa shifrlangan (HTTPS). Har bir hisobning ma'lumoti alohida ajratilgan; boshqa foydalanuvchi uni ko'ra olmaydi. Hujjat rasmlari ham shu tarzda faqat o'z hisobingizga bog'langan holda saqlanadi.
Kim ko'ra oladi
Faqat siz. Ma'lumot uchinchi shaxslarga berilmaydi, sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi. Yagona istisno — qonuniy rasmiylashtirilgan davlat organi talabi.
Texnik nosozlikni bartaraf qilish uchun ma'lumotingizga qarash zarur bo'lsa, buni oldindan sizdan so'rab qilamiz.
Qancha vaqt saqlanadi
Hisobingiz mavjud ekan. Hisobni ilovaning o'zidan o'chirishingiz mumkin: Sozlamalar → Hisobni o'chirish. Parol so'raladi, so'ng unga bog'liq barcha yozuvlar va hujjat rasmlari ham serverdan, ham qurilmadan darrov o'chiriladi. Bu amalni ortga qaytarib bo'lmaydi.
Ilovaga kira olmayotgan bo'lsangiz, o'chirishni pastdagi manzilga yozib ham so'rashingiz mumkin.
Sizning huquqlaringiz
- qanday ma'lumot saqlanayotganini so'rash
- noto'g'risini tuzatish
- hisobni va unga bog'liq hamma narsani o'chirtirish
- ma'lumotingiz nusxasini olish
Buning uchun pastdagi manzilga yozing. Javob 7 ish kunidan kechikmaydi.
Bolalar
Ilova biznes uchun mo'ljallangan va 13 yoshdan kichik bolalarga qaratilmagan.
O'zgarishlar
Bu siyosat o'zgarsa, yuqoridagi sana yangilanadi. Jiddiy o'zgarish bo'lsa ilovaning o'zida xabar beriladi.
English summary
Nasiya Daftar is an installment-sales ledger for small shops. It stores the records its user enters — customers (name, phone, optional address, optional passport/ID number and optional document photos), products, sales, payment schedules, payments, suppliers, purchases, stock movements and cash entries — together with the account holder's own name, phone number and a non-reversible hash of their password. The unlock PIN never leaves the device.
Data is written to the device first and works fully offline; when a connection is available it is copied over HTTPS to the user's own account on our server so it can be restored on another device. Each account's data is isolated and no other user can read it.
The app contains no advertising networks, no analytics and no tracking. It does not collect location, contacts, usage statistics or advertising identifiers. Nothing is sold or shared with third parties; the only exception is a lawful request from a competent authority.
Records are kept while the account exists. An account can be deleted from inside the app at Settings → Delete account; it asks for the password and then erases everything attached to the account — document photos included — from both the server and the device immediately. The action cannot be undone. Users may also ask what is stored, have it corrected, or receive a copy; such requests are answered within 7 working days at the address below.
Aloqa · Contact
- E-pochta · Email
- support@salestracker.uz