Yordam
Savolingizga javob topmasangiz, to'g'ridan-to'g'ri yozing — javob beramiz.
- E-pochta · Email
- support@salestracker.uz
- Javob muddati · Response time
- 1–2 ish kuni
Tez-tez so'raladigan savollar
Internet bo'lmasa ishlaydimi?
Ha, to'liq ishlaydi. Hamma narsa avval telefonga yoziladi. Internet paydo bo'lganda yozuvlar o'zi serverga ketadi — siz hech narsa qilishingiz shart emas.
Telefonim yo'qolsa ma'lumot ketadimi?
Yo'q, agar kamida bir marta sinxronlangan bo'lsa. Yangi telefonda hisobingizga kiring — ilova "eski ma'lumotlaringiz topildi, yuklab olaymizmi?" deb so'raydi.
Ikki telefonda ishlatsa bo'ladimi?
Ha. Ikkalasida ham bir hisobga kiring. Bir joyda kiritilgan yozuv ikkinchisiga o'zi yetib boradi. Bir yozuv ikki joyda o'zgarsa ilova buni sezadi va Sozlamalar → Sinxronizatsiya bo'limida ko'rsatadi.
To'lov oralig'ini o'zgartira olamanmi?
Ha. Savdo yaratayotganda har kuni, 3 kunda bir, haftada bir yoki o'zingiz aytgan oraliqni tanlaysiz. Bir to'lov summasi o'zi hisoblanadi.
PIN kodni unutdim
PIN ni hisob parolingiz orqali qayta o'rnatasiz. Parolni unutgan bo'lsangiz, yangisini kiritish orqali almashtiriladi.
Mijozning pasport rasmi majburiymi?
Yo'q, u ixtiyoriy. Kiritsangiz — rasm qurilmangizda va sizning shaxsiy hisobingizda saqlanadi, boshqa hech kim ko'rmaydi. Mijozdan rozilik olish sizning zimmangizda.
Hisobimni butunlay o'chirmoqchiman
Ilovaning o'zida: Sozlamalar → Hisobni o'chirish. Parol so'raladi, so'ng mijozlar, savdolar, hujjat rasmlari — hammasi ham serverdan, ham telefondan o'chadi. Ortga qaytarib bo'lmaydi. Ilovaga kira olmasangiz yuqoridagi manzilga yozing.
Ilova yangilanmayapti
Sozlamalar → Ilova haqida → Yangilanishni tekshirish. Internet bo'lishi kerak. Ba'zi yangilanishlar App Store orqali keladi — u holda App Store'dan yangilang.
English
Nasiya Daftar is an installment-sales ledger for small shops in Uzbekistan. The interface is in Uzbek (Latin and Cyrillic). For any question, bug report or account deletion request, write to the address above — we reply within 1–2 working days.
To delete an account and everything attached to it, use Settings → Delete account inside the app; it asks for the password and removes the data from the server and the device immediately. If you cannot sign in, write to the address above. See the privacy policy for what is stored and why.